1

​Qarshida bolasini 2 million so`m va bir gilamga almashmoqchi bo`lgan ayol qo`lga olindi

Jinoyat 17.12.2018, 17:09
​Qarshida bolasini 2 million so`m va bir gilamga almashmoqchi bo`lgan ayol qo`lga olindi

Qarshi shahrida tug`ilgan chaqaloqni sotish bilan bog`liq holat yuz berdi. Bu haqda Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimi Jamol Sharopovning «Qashqadaryo» gazetasida e`lon qilingan maqolasida so`z yuritildi.

Qarshi shahri G`afur G`ulom mahallasida yashovchi A.X. anchadan beri befarzand edi. Qamashilik qiz Sh.Q. esa Qarshi shahrida yashab, engiltakligi oqibatida homilador bo`lib qolgan, uyga qaytishga qo`rqib, tug`ilajak bolasini kimga bo`lsa ham sotib yuborishni reja qilib yurgandi.

Har ikkisining niyati A.X. qarindoshinikida mehmon bo`lgan kunda kesishdi. Bu erda u Sh.Q. haqida, u bolasini boqolmasligi sabab biror kishiga berib yuborish niyatida ekani xususida eshitdi. A.X. qarindoshiga agar bola tug`ilsa, uni onasi berish-bermasligini so`radi. Qarindosh ham ko`p kuttirmay, 2 kundan keyin telefon qilib, juvon roziligini bildirdi.

Ishi «yurishganidan» mamnun A.X. juvon yashaydigan ijara uyiga borib, bola tug`ilgunga qadar ketadigan, xususan, tug`ruqxona, dori-darmon bilan bog`liq xarajatlarni o`z zimmasiga olishini aytib, bola dunyoga kelgach o`zaro kelishib olishlariga shartlashib qaytdi.

Shu yilning 20 avgust kuni to`lg`oq boshlangani sababli Sh.Q.ni viloyat perinatal markaziga olib bordi, kelishilgan hamma xarajatlarni to`lab berdi. 24 avgust kuni esa Qamashi tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo`limiga borib, tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomani oldi va bolani o`z familiyasiga o`tkazib qaytdi.

Chaqaloq va onaga tug`ruqxonadan javob berishganidan keyin «bola"sini olib qaytishga borgan A.X. chaqaloq evaziga 2 million so`m va bir dona gilam berishini ma`lum qildi. 26 avgust kuni bir qizil gilam va 350 ming so`m keldi. O`n kunlar o`tib, 150 ming so`m, yana bir muddatdan so`ng 500 ming so`m berildi. Qolgan bir million so`m esa notarius orqali bolani rasmiylashtirib olishganidan so`ng berilishi aytildi. Ona esa o`ylamay-netmay bolasi evaziga olingan hamma pulni o`z ehtiyoji yo`lida ishlatib yuboraverdi.

Mazkur holat bo`yicha Qarshi shahar IIB xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilib, jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1