AsosiySport

Kim “Yil murabbiyi” bo`ladi

FIFA tashkiloti rasmiy saytida 2014 yilning eng yaxshi murabbiyiga atalgan “Yil murabbiyi”ga nomzod mutaxassislar nomi e`lon qilindi.

Demak, ular bilan tanishing:

Karlo Anchelotti (Italiya, "Real"), Antonio Konte (Italiya, Italiya termasi), Xosep Gvardiola (Ispaniya, "Bavariya"), Yurgen Klinsmann (Germaniya, AQSh), Yoaxim Lev (Germaniya, Germaniya termasi), Joze Mourino (Portugaliya, "Chelsi"), Manuel Pellegrini (Chili, "Manchester Siti"), Alexandro Sabelya (Argentina, Argentina termasi), Diego Simeone (Argentina, "Atletiko"), Lui van Gal (Gollandiya, Gollandiya termasi/"Manchester Yunayted").

Qo`shib o`tish joiz, g`olib nomi kelasi yilning 12 yanvar kuni Syurix shahrida bo`lib o`tadigan tantanali taqdirlash marosimida aniqlanadi.

Eslatib o`tamiz, 2013 yili ushbu sorvin Yupp Xaynkesga topshirilgan edi.

Manba: www.uff.uz 

    Boshqa yangiliklar