AsosiyJamiyat

​Yangierda to`lanmagan aliment uchun "Jiguli" undirildi

'​Yangierda to`lanmagan aliment uchun "Jiguli" undirildi'ning rasmi

Fuqarolik ishlari bo`yicha Guliston tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor Sh. Sh.dan undiruvchi R.Sh. foydasiga uch nafar voyaga etmagan farzandlarining moddiy ta`minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Ushbu ijro hujjati bo`yicha Majburiy ijro byurosi Yangier shahar bo`limi davlat ijrochilarining bir necha bor og`zaki va yozma ogohlantirishlariga qaramasdan fuqaro Sh.Sh. 15.169.957 so`m miqdordagi aliment pullarini to`lashdan bosh tortib kelgan.

Mazkur qarzdorliklarni bartaraf qilish va undiruvchining huquqini tiklash maqsadida qarzdorga tegishli "VAZ21063" rusumli avtomashinasi xatlanib, "Guliston Baholash Konsalting" MChJ tomonidan 20.174.743 so`mga baholangan va "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion orqali savdoga chiqarilgan.

Qarzdorga tegishli avtomashina "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdosi orqali 17.350.278 so`mga sotilib, sotuvdan tushgan pul mablag`lari undiruvchi R.Sh.ga to`lab berildi.

    Boshqa yangiliklar