AsosiyJamiyat

Osiyo chempioniga prezident sovg`asi — ikki xonali kvartira kaliti topshirildi

'Osiyo chempioniga prezident sovg`asi — ikki xonali kvartira kaliti topshirildi'ning rasmi

Bugun, 18 dekabr kuni III Paraosiyo o`yinlari g`olibi, Qarshi davlat universitetining 3-bosqich talabasi Shohsanam Toshpo`latovaga prezident sovg`asi – ikki xonali kvartira kaliti topshirildi. Bu haqda «O`zA» xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoev joriy yil 14-15 dekabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog`ida III Paraosiyo o`yinlari g`olibi (3 ta oltin, 4 ta kumush medal, 2 marta Osiyo rekordi o`rnatgan) Qarshi davlat universitetining 3-bosqich talabasi Shohsanam Toshpo`latova bilan ham uchrashdi. Sportchining ushbu yutuqlari davlatimiz rahbari tomonidan munosib taqdirlanib, unga viloyat markazidan ikki xonali kvartira sovg`a qilingan edi.

Viloyat hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, viloyat suzish sporti federasiyasi xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda Qarshi shahridagi Islom Karimov ko`chasida barpo etilgan zamonaviy uylardan 2 xonali kvartira kaliti chempionga tantanali ravishda topshirildi.


    Boshqa yangiliklar