AsosiyJamiyat

Maktabgacha ta`limni rivojlantirish jamg`armasi tashkil etildi

'Maktabgacha ta`limni rivojlantirish jamg`armasi tashkil etildi'ning rasmi

Maktabgacha ta`limni rivojlantirish jamg`armasi faoliyatini tashkil etish to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qaror bilan Maktabgacha ta`limni rivojlantirish jamg`armasi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, Jamg`arma mablag`larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi belgilandi.

Shunga ko`ra, Jamg`arma mablag`lari:

  • maktabgacha ta`lim muassasalarini belgilangan tartibda qurilishlarning manzilli ro`yxatiga kiritib, ularning tarmog`ini kengaytirishga;
  • maktabgacha ta`lim tizimi xodimlarini moddiy rag`batlantirishga;
  • yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni, shuningdek, xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizni fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida Vazirlikka ishlash uchun jalb qilishga;
  • ta`lim-tarbiya jarayoniga ilg`or pedagogika va axborot texnologiyalarini joriy etishga, shuningdek Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga yo`naltirilgan boshqa tadbirlarga sarflanadi.

Jamg`arma faoliyatini boshqarish va uning mablag`larini taqsimlash Jamg`arma faoliyatini boshqarish kengashi tomonidan amalga oshiriladi.

Vazirlikning Moliyaviy-iqtisodiy rivojlantirishni rejalashtirish boshqarmasi Jamg`armaning ishchi organi hisoblanadi.

Jamg`arma mablag`laridan foydalanish bo`yicha hisob va hisobotlar Vazirlikning byudjetdan tashqari boshqa mablag`laridan alohida yuritiladi.

Jamg`armaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablag`lari keyingi yilga o`tadi va olib qo`yilmaydi.

Jamg`arma mablag`laridan maqsadli foydalanilishi bo`yicha nazorat Moliya vazirligining davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar