AsosiyJamiyat

O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining yangi rasmiy nashri bosilib chiqdi

O`zbekiston matbuot va axborot agentligining «O`zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining yangi rasmiy nashri chop etildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi matbuot xizmati xabar berdi.

Nashr qattiq muqovada o`zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan.

Eslatib o`tamiz, 2014 yil 16 aprel kungi «O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining ayrim moddalariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida»gi Qonunga muvofiq, Konstitusiyaning 32-, 78-, 93-, 98-, 103- va 117-moddalariga o`zgartirish kiritilgan edi.

    Boshqa yangiliklar