AsosiyJamiyat

Prezident qarori: O`zbekistonning 2019 yilga mo`ljallangan investisiya dasturi tasdiqlandi

'Prezident qarori: O`zbekistonning 2019 yilga mo`ljallangan investisiya dasturi tasdiqlandi'ning rasmi

Prezidentning 19.12.2018 yildagi “O`zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo`ljallangan investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori imzolandi. Qaror O`zAda joylashtirilgan.

Hujjat bilan O`zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo`ljallangan Investisiya dasturi tasdiqlandi. U o`z ichiga kapital qo`yilmalarning asosiy parametrlari, ijtimoiy, uy-joy, muhandislik va transport infratuzilmasi ob`ektlarini ishga tushirish prognozi hamda ob`ektlar va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish manzilli dasturini oladi.

Shu bilan bir qatorda, kelasi yil uchun quyidagilar tasdiqlandi:

birinchidan, Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladigan, ob`ektlar qurish va ularni rekonstruksiya qilish manzilli dasturi;

ikkinchidan, markazlashtirilgan investisiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan:

  • meliorasiya ob`ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, texnikalar xarid qilish manzilli dasturi;
  • avtomobil yo`llari, ko`priklar va yo`l o`tkazgichlar qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, ob`ektlarni jihozlash va texnikalar xarid qilish manzilli dasturi;
  • oliy ta`lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, bolalar musiqa va san`at maktablari, tibbiy, ilmiy-tadqiqot, umumta`lim va maktabgacha ta`lim muassasalari ob`ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta`mirlash va jihozlash manzilli dasturlari;
  • ichimlik suvi ta`minoti va kanalizasiyatizimlari ob`ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish manzilli dasturi;
  • Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida loyihalarni moliyalashtirishni tashkil qilgan holda Orolbo`yi mintaqasini rivojlantirish manzilli dasturi;

uchinchidan, davlat kafolati bilan xorijiy kreditlarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investisiya loyihalarining manzilli dasturi;

to`rtinchidan, O`zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi mablag`larini jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investisiya loyihalarining manzilli dasturi;

beshinchidan, tarmoq investisiya loyihalari doirasida investisiyalarni o`zlashtirish yig`ma manzilli dasturi;

oltinchidan, markazlashtirilmagan investisiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan:

  • to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiyalar va kreditlarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan tarmoq investisiya loyihalarining manzilli dasturi;
  • to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiyalarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan hududiy investisiya loyihalarining manzilli dasturi;

ettinchidan, quyidagilar:

  • loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashni jadallashtirish talab etiladigan investisiya loyihalari ro`yxati;
  • ko`rib chiqiladigan istiqbolli investisiya va infratuzilma tarmoq loyihalari ro`yxati;
  • loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan hamda tasdiqlanadigan, qurilishi va rekonstruksiya qilinishi Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilayotgan ob`ektlar ro`yxati;
  • loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan, markazlashtirilgan investisiyalar hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilayotgan ijtimoiy soha ob`ektlari ro`yxati .

Loyiha hujjatlari ishlab chiqilib ekspertizadan o`tkazilganadn keyin loyihalar (ob`ektlar) yuzasidan ro`yxatlarga va kapital qo`yilmalar limitlariga (qiymatiga) aniqlik va tuzatishlar kiritilishi mumkin. Bu LBMA bilan kelishilgan holda Bosh vazirning o`rinbosari – Investisiyalar, innovasion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbarining qarorlari bilan amalga oshirilishi mumkin.

Loyihalar (ob`ektlar) bo`yicha tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar Hukumatning qarorlariga asosan kiritiladi.

Qurilish hamda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish jarayonlariga zarur vakolatga ega bo`lmagan shaxslarning aralashuvi taqiqlandi.

    Boshqa yangiliklar