Markaziy bank soliq bo`yicha qarzlarni so`zsiz plastikdan undirishga oid rasmiy bayonot berdi.
"Bugungi kunda, jismoniy shaxslardan soliq qarzdorligini ularning bank kartalaridan so`zsiz undirish tartibi bo`yicha qonuniy va shaffof mexanizm mavjud emasligi sababli, Markaziy bank qayd etilgan hujjat loyihasini qonun hujjatlariga, xususan Fuqarolik kodeksi normalariga muvofiqligini ta`minlash lozim deb hisoblaydi.
Qanday ezgu maqsad ko`zlangan bo`lishidan qat`i nazar, idoraviy manfaatlar boshqa tarmoqlar yoki butun mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishiga salbiy ta`sir etkazmasligi zarur"", - deyiladi rasmiy bayonotda
Markaziy bank, o`z navbatida, taklif etilayotgan o`zgartirishlarga bank siri va bank tizimiga bo`lgan to`laqonli ishonchni saqlab qolish zarurligiga alohida e`tibor qaratgan.
Eslatib o`tamiz, Davlat soliq qo`mitasi tomonidan interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida "Soliq qarzini jismoniy shaxslarning bank plastik kartalaridan so`zsiz undirish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash to`g`risida"gi qaror loyihasi joylashtirilgan edi.