Yangi yil o`z mo``jizalari, kutilmagan sovg`a-salomlari bilan dillarga xushnudlik baxsh etadi. Respublikamizning har bir hududida yam-yashil bargli archalar ko`kka bo`y cho`zib, barchaning ko`zini quvontirayotgan bir paytda Andijon shahrining O`zbekiston ko`chasida salqin ichimliklardan bunyod bo`lgan "archa" qad rostladi, deb yozadi "Xalq so`zi" nashri.
"777.uz" savdo majmuasi tomonidan yaratilgan ushbu archaning bo`yi 9 metr, eni 4 metrdan iborat bo`lib, salkam 15 ming dona plastik idishlardan tarkib topgan.
"Bu kabi archa o`tgan yili ham qad rostlagan edi. O`ziga xos ko`rinishi haqiqatdan ham kayfiyatni ko`tarib, bayramona ruh baxsh etmoqda", - deydi xaridor Sanobarxon Azimova.
Rang-barang tovlanib turgan bu archa xaridorlarda nafaqat, qiziqish uyg`otmoqda, balki savdo peshtaxtalarida arzon narxda taqdim etilayotgan mahsulotlarni xarid qilishga ham undamoqda.






