O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Farg`ona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo`yildi.
Fuqarolar Sh.A., I.T. va M.O`.lar jami 3360 qutidagi “Mikkimaus-Treniya” nomli hamda 50 dona “Xlopushka” nomli pirotexnika vositalarini fuqarolar Sh. va B. larga 2100 dollariga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan Sh.A., I.T. va M.O`.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 2501-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






