O`zbekiston milliy universiteti rektori Avazjon Marahimov Rossiya Federasiyasining Qozon federal universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida hamkorlik aloqalari, professor-o`qituvchilarning o`zaro tajriba almashinuvi, yosh o`qituvchilarning malaka oshirishi borasida qator masalalarni muhokama qilindi.
O`zMU rektori tashrif doirasida bugungi kunda Qozon federal universitetida medisina va iqtisod yo`nalishida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdi. O`zbekistonlik talabalar O`zMU rektorini milliy kiyimlarimizdan bo`lgan zarbop to`nlar bilan kutib oldi.
Rektor Avazjon Marahimov o`zbekistonlik talabalar bilan suhbat qildi va ular o`qishni bitirgach universitetda ish bilan ta`minlanishi aniq ekanligini bildirdi.
Suhbat davomida Ilshat Gafurov O`zbekistondan kelgan talabalar xorijiy davlatlar talabalari ichida eng tirishqoq, izlanuvchan, bilimga chanqoq ekanligini ta`kidladi. Ularni o`z sohalarida etuk mutaxassis bo`lishlariga ishonch bildirdi.
Ma`lumotlarga ko`ra bugungi kunda Qozon federal universitetida 7500 nafar xorijiy talabalar tahsil oladi. Ularning 1500 nafari o`zbekistonlik talabalardir.






