AsosiyJamiyat

Beshariqlik maktab o`quvchisining o`limiga og`ir kasallik sabab bo`lgani aniqlandi

'Beshariqlik maktab o`quvchisining o`limiga og`ir kasallik sabab bo`lgani aniqlandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg`ona viloyati Beshariq tumanidagi 17- umumiy o`rta ta`lim maktabining 10-sinf o`quvchisi Mirjalol Zokirov o`qituvchisi tomonidan urib o`ldirilganligi haqida turli xabarlar tarqaldi. Xo`sh, maktab o`quvchisi qanday vafot etgan edi? Biz mazkur masalaga O`zA oydinlik kiritdi.

Marhumning otasi tomonidan farzandining o`limiga o`qituvchisi sababchi ekanligi haqidagi gaplari o`z tasdig`ini topmagan.

Qo`qon tumanlararo sud tibbiy ekspertizasi bo`linmasi tomonidan M. Zokirovning murdasi ekspertizadan o`tkazilgan bo`lib, tegishli xulosa berilgan. Xulosaga ko`ra, unda tan jarohatlari borligi aniqlanmadi. Marhum M. Zokirovning murdasi tekshirilganda, u hayotlik vaqtida o`tkir bronxopnevmoniya-bronx va o`pkalarni o`tkir yallig`lanishi kasalligi bilan kasallangani aniqlandi. Aynan mana shu kasallik bevosita voyaga etmagan o`quvchining o`limiga sabab bo`lgan.

Tuman prokuraturasi tomonidan mazkur maktab o`quvchisining o`limi yuzasidan tergovgacha tekshiruv o`tkazilgan. Farg`ona viloyat xalq ta`limi boshqarmasi tomonidan ham mazkur holat bo`yicha xizmat tekshiruvi o`tkazilgan bo`lib, maktabda o`qituvchi tomonidan marhum o`quvchi M. Zokirovga sog`ligiga jiddiy ta`sir qiladigan holat sodir etilmagan. 2018 yil 19 noyabr dushanba kuni chaqiriqqa qadar boshlang`ich tayyorgarlik fani o`qituvchisi M. Mardonov o`quvchilarni darsga yaxshi tayyorgarlik ko`rmagani uchun besh–olti nafar o`quvchiga tanbeh bergan. O`quvchilarni sog`ligiga jiddiy ta`sir qiladigan holatda urmagan.

Marhum o`quvchi M. Zokirov o`limi ro`y bergan 2018 yilning 26 noyabr kuni ham dars mashg`ulotlarida qatnashgan. Uyida tushlik qilayotgan paytda tobi qochgan va shifoxonaga olib ketilayotgan paytda vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar