Sobiq davlat maslahatchisi Muidjon Tohiriy hibsga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonovaga asoslanib, «Turon 24» ma`lum qildi.
«Muidjon Tohiriy hibsga olindi. Hozir tergov olib borilmoqda. Tergov siri nuqtai nazaridan boshqa ma`lumot berilishi maqsadga muvofiq emas», degan Rahmonova.
Muidjon Tohiriy 2006-2008 yillarda O`zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisi o`rinbosari, 2008-2010 yillarda O`zbekiston Milliy xavfsizlik kengashi kotibi o`rinbosari lavozimlarida ishlagan.
2010 yil sentyabrdan 2011 yil iyungacha O`zbekiston prezidentining davlat maslahatchisi bo`lgan. 2011 yil iyun oyidan yana MXX raisi o`rinbosari lavozimiga qaytgan va 2016 yil oxirigacha ishlagan. Orada 2013 yilda Prezident xavfsizligi xizmatini ham boshqargan.
Uning so`nggi ish joyi Davlat bojxona qo`mitasi bo`lib, 2016 yil 20 dekabrda rais etib tayinlangan va 2018 yil 12 fevral kuni ishdan olingan.






