AsosiyJamiyat

Flydubai loukosteri Dubaydan Toshkentga parvozlarni amalga oshira boshlaydi

'Flydubai loukosteri Dubaydan Toshkentga parvozlarni amalga oshira boshlaydi 'ning rasmi

2018 yilning 8—10 dekabr kunlari BAAning ishbilarmon doiralari bilan muzokaralar o`tkazish uchun jo`natilgan O`zbekiston Respublikasi delegasiyasi tarkibida, O`zbekiston Respublikasi «Davavianazorat» inspeksiyasi vakillari BAAning Dubay Amirligi aviasiya ma`muriyati bilan muzokaralar o`tkazdi. Bu haqda «Davavianazorat» xabar bermoqda.

Muzokaralar chog`ida, O`zbekiston va BAA o`rtasidagi havo qatnovlarining hozirgi holati va kelajakdagi istiqbollari, Flydubai aviakompaniyasi tomonidan O`zbekistonga qatnovlarni amalga oshirish, qatnovlar soni va kelishilgan qatnovlardan foydalanishda o`zaro foydali tijoriy hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida tayinlangan aviakompaniyalar («O`zbekiston havo yo`llari» MAK va Flydubai) o`rtasida aloqalarini o`rnatish kabi masalalar muhokama qilindi.

Muzokaralar natijalariga ko`ra tegishli Bayonnoma imzolandi va unga muvofiq tomonlar quyidagi kelishuvlarga erishdi:

1. Avval tayinlangan Emirates Airlines tashuvchisi o`rniga, Dubay—Toshkent kelishilgan qatnovida doimiy tashuvchi sifatida Flydubai aviakompaniyasi tayinlanganligi tasdiqlandi.

2. Flydubai aviakompaniyasiga Dubay va Toshkent o`rtasida haftasiga 5 marta, IATA 2019-Yoz mavsumidan boshlab haftasiga 2 ta qo`shimcha muntazam yo`lovchi qatnovlarini amalga oshirish huquqi berildi.

    Boshqa yangiliklar