AsosiyJamiyat

​Prezident borgan “Vatanparvarlar” bog`ida birinchi mashg`ulotlar o`tkazildi (foto)

'​Prezident borgan “Vatanparvarlar” bog`ida birinchi mashg`ulotlar o`tkazildi (foto)'ning rasmi

21 dekabr kuni Qarshi shahrida joylashgan “Vatanparvarlar” bog`ida “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida mardlik va jasorat darslari bo`lib o`tdi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Unda Mudofaa vazirligi, Janubi-g`arbiy maxsus harbiy okrugi qo`mondonligi mas`ullari, Qashqadaryo viloyatidagi ta`lim muassasalarining o`quvchi-yoshlari, shuningdek, shaharning barcha yoshdagi aholisi ishtirok etib, zamon talablari asosida barpo etilgan bog`da yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Qo`ngilochar va konsert dasturlaridan baxramand bo`ldi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Prezidenti joriy yilning 14 dekabrida Qashqadaryo viloyatiga amalga oshirgan tashrifi chog`ida aynan ushbu boqqa kelib, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko`zdan kechirgan edi.

Bog`ni barpo etishdan ko`zlangan maqsad yoshlarda tariximiz va madaniyatimizdan g`ururlanish tuyg`usini shakllantirish, Vatan ravnaqi yo`lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz nomini abadiylashtirish, milliy armiyamiz qudrati va salohiyatiga bo`lgan ishonchni kuchaytirishdan iborat.

Qariyb 7 gektar hududdagi “Vatanparvarlar” bog`ida 2018—2019 yillarda 29,3 milliard so`mlik rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish mo`ljallangan. Ayni paytda 18 milliard so`mlik ishlar bajarilgan.

Bog`dagi sun`iy ko`l, amfiteatr, harbiy xandaq, alpinistlar uchun sun`iy qoya, tir va lukodrom qurilishi yakunlangan. Muzey qurilishi tugallanish arafasida, parashyutdan sakrash minorasi qurilishi, ko`kalamzorlashtirish ishlari jadal davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar