Italiyaning Sisiliya orolida Etna vulqoni harakatga keldi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
Etna Evropadagi eng faol vulqon hisoblanadi. Hozirda tog` og`zidan bir necha kilometr balandlikkagacha lava otilib chiqmoqda. Atrofga tarqayotgan tutun esa havoning zaharlanishiga olib kelmoqda. Hozircha evakuasiya holati joriy qilinganicha yo`q. Etna vulqoni so`nggi marta o`tgan yili faollashgan va 10 kishining jabrlanishiga sabab bo`lgan edi.






