Davlat xizmatlaridan foydalanuvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida davlat xizmatlari uchun to`lovlarni Payme to`lov tizimi orqali onlayn amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
Buning uchun Payme ilovasidagi «Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi» menyusi orqali tegishli harakatlarni amalga oshirish zarur bo`ladi.






