AsosiyJamiyat

Ichimlik suvi niqobi ostida O`zbekistonga atir olib kirishga uringan yo`lovchi to`xtatildi

'Ichimlik suvi niqobi ostida O`zbekistonga atir olib kirishga uringan yo`lovchi to`xtatildi 'ning rasmi

Surxondaryodagi "Sariosiyo" temir yo`l chegara bojxona posti xodimlari ichimlik suvi niqobi ostida atir olib kirishga uringan shaxsni to`xtatib qolindi, deb xabar qildi bojxona qo`mitasi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Sariosiyo” temir yo`l chegara bojxona posti orqali qo`shni davlatdan yo`lovchi poezdida kirib kelgan fuqaro Sh.X. O`zbekiston Respublikasiga atir olib kirishning antiqa yo`lini o`ylab topdi.

"Ushbu shaxs qadog`idan ichimlik suvini anglatuvchi, 5 litr hajmdagi polietilen idishga qo`lbola usulda qo`yilgan suyuqlikni olib o`tayotib, bojxonachilarga bu ichimlik suvi deb og`zaki ma`lum qiladi. Lekin, bojxona nazorati mobaynida o`zidan xushbo`y hid taratgan bu "ichimlik suvi" aslida parfyumeriya vositasi ekanligi aniqlandi", - deyilgan xabarda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar