AsosiyJamiyat

Surxondaryoda 104 bolaning sunnat to`yi o`tkazib berildi (foto)

'Surxondaryoda 104 bolaning sunnat to`yi o`tkazib berildi (foto)'ning rasmi

23 dekabr kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi «Sardor» to`yxonasida 104 nafar bolajonlarning sunnat to`yi o`tkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bolajonlarning ota-onalari, yaqinlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari, faxriylar ishtirok etgan to`yda Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarning baxtiyor va farovon yashashi uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga, hayotda munosib o`rin topishiga alohida e`tibor qaratilayotgani ta`kidlandi.

Tumandagi "O`zagrolider" mas`uliyati cheklangan jamiyati homiyligida tashkil etilgan tadbir munosabati bilan sunnat qilinadigan bolalarga kiyim-kechak, to`ybola sarpolari va bir boshdan qo`y hadiya qilindi.

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ravshan Komilov hamda tumandagi folklor-etnografik xalq ansambli ijrosidagi kuy-qo`shiqlar davraga o`zgacha fayz kiritdi.

    Boshqa yangiliklar