AsosiyJamiyat

Navoiyda opa-singil is gazidan zaharlanishdi

'Navoiyda opa-singil is gazidan zaharlanishdi'ning rasmi

Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi ikki opa-singil is gazidan zaharlangan, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

"2018 yilning 23 dekabrga o`tar kechasi S.R. (ismli qiz) uyi oshxonasida gaz plitasini yoqib, uxlab qolishi oqibatida gaz plitasidan sizib chiqqan tabiiy gaz isidan o`zi va birga yashovchi 16 yoshli singlisi S.R.lar zaharlanib, kasalxonaga yotqizilgan", - deyilgan xabarda.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar