AsosiyJamiyat

O`zbekistonda bir kunda ikki ayol is gazidan vafot etdi

'O`zbekistonda bir kunda ikki ayol is gazidan vafot etdi'ning rasmi

22 dekabr kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashagan F.A. (ayol) uyida temir idishga ko`mir yoqib, nazoratsiz qoldirishi oqibatida ko`mir isidan zaharlanib, kasalxonaga yotqizilgan va ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, shuningdek, 22 dekabr kuni Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida yashagan, G.T. (ayol) isitish pechiga ko`mir yoqib, nazoratsiz qoldirishi oqibatida ko`mir isidan zaharlanib, voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Navoiyda opa-singil is gazidan zaharlangani haqida xabar bergan edik.

    Boshqa yangiliklar