Bugun, 24 dekabr kuni, "Taraqqiyot strategiyasi" markazida Bosh prokuratura vakillari ishtirokida matbuot anjumani o`tkazildi.
Unda tegishli mutasaddilar OAV vakillarining qiziqtirgan savollariga javob berishdi.
Jumladan, Samarqand viloyati sobiq hokimi T.Jo`raevga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi yakunlangani va hozirda ish sudga oshirilgani ma`lum qilindi.
Eslatib o`tamiz, Turobjon Jo`raev pora bilan qo`lga tushgan edi. U Samarqand viloyatida korrupsion tizimni yo`lga qo`ygani aniqlangan edi.






