Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida dunyodagi eng baland egizak binolar quriladi, deya xabar bermoqda «RIA Novosti» Arabian Business nashriga tayanib.
Dubai Twin Towers deb nomlanadigan ushbu osmono`par binolar Dubayning Emaar Properties quruvchi kompaniyasi va Dubai Holding investisiya kompaniyasi tomonidan 1 noyabrda e`lon qilinadigan ko`chmas mulk sohasidagi mega-loyihaning bir qismi bo`ladi.
Binolarning aniq balandligi haqida xabar qilinganicha yo`q. Ayni paytda dunyodagi eng baland egizak binolar Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdagi 452 metrli Petronas Twin Towers hisoblanadi.





