AsosiyJamiyat

GM Uzbekistan uch millionchi avtomobil sohibini qutladi

'GM Uzbekistan uch millionchi avtomobil sohibini qutladi'ning rasmi

24 dekabr kuni "LUX AUTO MOTORS" avtosalonida "GM Uzbekistan" AJda ishlab chiqarilgan uch millionchi avtomobil egasiga topshirildi. Yubiley avtomobilining baxtli sohibi korxona direktori Shamsiddinxo`ja Tillaxo`jaev shaxsida "RENT LIGHT" MChJ bo`ldi, u Nexia-3 avtomobilini xarid qildi.

"O`zavtosanoat" AJ xabar berishicha, baxtli xaridor chiroyli yasatilgan avtomobil, qarsaklar va "GM Uzbekistan" hamda "LUX AUTO MOTORS" vakillaridan sovg`alar bayramona kutib olindi.

Xaridor maxsus bayram sertifikati va sovg`alar bilan taqdirlandi, ular orasida "LUX AUTO MOTORS" avtosalonidan plazmali televizor ham bor edi.

l8

l9

l10

l111

Eslatib o`tamiz, 2008 yilda GM Uzbekistan konveyeridan chiqqan millionchi avtomobil ham, 2013 yilda ikki millionchi avtomobil ham Chevrolet Lacetti bo`lgandi.

    Boshqa yangiliklar