Namangan Qurilish institutining yuqori kurs talabasi tabiy gazdan zaharlanib, voqea joyida vafot etgan, deb xabar qildi O`zbekiston IIV matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, talaba vaqtincha Namangan shahar 3-mikrorayonda yashagan va uyi oshxonasida gaz plitasidan sizib chiqqan tabiy gazdan zaharlanib, voqea joyida vafot etgan.
Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






