Bugun, 26 dekabr, soat taxminan 10.35 larda Toshkentdagi Humo Arena ko`p tarmoqli muz saroyi yaqinida barpo etilayotgan avtoturargoh hududidagi ombor uchun ajratilgan binoda yong`in ro`y berdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bu erda qurilish materiallari alanga olgani bildirilmoqda.
Toshkent shahar IIBB Yong`in xavfsizligi boshqarmasi o`t o`chiruvchilarining tezkor harakatlari natijasida yong`in soat 11.21 da bartaraf etildi.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo`q.
Xabarda payvandlash ishlari davomida yong`in xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik sabab bo`lgani taxmin qilinmoqda.






