AsosiyJamiyat

Samarqandda haydovchi boshqaruvni yo`qotishi natijasida "Damas" ag`darilib ketgan

'Samarqandda haydovchi boshqaruvni yo`qotishi natijasida "Damas" ag`darilib ketgan'ning rasmi

25 dekabr kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yashovchi Sh.T. boshqaruvidagi "Damas" rusumli avtomashinani Samarqand halqa yo`lida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay, ag`darilib ketgan va qarama-qarshi yo`nalishdan harakatlanib kelayotgan "Mersedes-bens" rusumli yuk avtomashinasi bilan to`qnashuv sodir etgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, natijada "Damas" avtomashinasi yo`lovchilari O.A. jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan, A.H.ga esa tibbiy yordam ko`rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar