AsosiyJamiyat

Mirobod tumanidagi yong`inda xonadon egasi kuyish jarohatlarini oldi

'Mirobod tumanidagi yong`inda xonadon egasi kuyish jarohatlarini oldi'ning rasmi

Shu yilning 26 dekabr kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida yashovchi K.G.ning uyida yong`in sodir bo`lgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan. Yong`in natijasida uyni ichki qismining 1 kv.m. maydonda jihozlari yonib zarar ko`rgan hamda K.G. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Yong`in kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar