1

Bekobodda ota va bola sababsiz pichoqlandi

Jinoyat 27.12.2018, 20:24
Bekobodda ota va bola sababsiz pichoqlandi

26 dekabr kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yashovchi X.M., birga yashovchi qarindoshi H.Yu. va qo`shnisi A.A.lar mast holda Iqtidor ko`chasidan o`tuvchi temir yo`l kesishmasi oldida hech bir sababsiz fuqaro J.Ya.ga pichoq bilan hamda ularni ajratmoqchi bo`lgan otasi H.Ya.ning yuz qismiga qo`llari bilan urib jarohat etkazib, voqea joyidan qochib ketganlar.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, natijada ota va bola kasalxonaga yotqizilganlar. Ko`rilgan choralar natijasida jarohat etkazgan uch nafar shaxs ham qo`lga olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1