AsosiyJamiyat

Eskirib qolgan uylar o`rnida zamonaviy yangi uylar quriladi

'Eskirib qolgan uylar o`rnida zamonaviy yangi uylar quriladi'ning rasmi

Murojaatnomada Prezidentimiz yirik megapolislarning bu boradagi tajribasini o`rgangan holda, renovasiya dasturini, ya`ni, foydalanish muddati tugab, eskirib qolgan ko`p qavatli uylar o`rnida bosqichma-bosqich eng zamonaviy sharoitga ega bo`lgan yangi uylar qurish dasturini ishlab chiqish lozimligini aytdi.

"Hukumat uch oy muddatda ko`p qavatli uy-joy fondi to`liq xatlovdan o`tkazilishini ta`minlashi kerak. Yirik megapolislarning bu boradagi tajribasini o`rgangan holda, renovasiya dasturini, ya`ni, foydalanish muddati tugab, eskirib qolgan ko`p qavatli uylar o`rnida bosqichma-bosqich eng zamonaviy sharoitga ega bo`lgan yangi uylar qurish dasturini ishlab chiqish lozim", - dedi Prezident.

2019 yilda aholi turmush sharoitini yaxshilash, uni munosib turar-joy bilan ta`minlash, xalq farovonligini oshirish yuzasidan:

- 2019 yilda ham arzon uy-joylar qurish dasturi izchil davom ettiriladi;

- ko`p qavatli uy-joy fondi to`liq xatlovdan o`tkaziladi;

- Renovasiya dasturi, ya`ni, eskirib qolgan ko`p qavatli uylar o`rnida, eng zamonaviy sharoitga ega bo`lgan yangi uylar qurish dasturi ishlab chiqiladi.

    Boshqa yangiliklar