AsosiyJamiyat

«GM Uzbekistan» soliq imtiyozlaridan mahrum bo`ldi

'«GM Uzbekistan» soliq imtiyozlaridan mahrum bo`ldi'ning rasmi

Davlat byudjeti parametrlarini tasdiqlash to`g`risidagi Prezident qaroriga muvofiq qonunchilikka quyidagi o`zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Unga ko`ra:

  • «Jeneral Motors O`zbekiston» YoAJga berilgan soliq imtiyozlari bekor qilindi. Kompaniya endilikda faqatgina qo`shilgan qiymat solig`idan ozod etiladi. Eslatib o`tamiz kompaniya ilgari barcha soliqlardan ozod etilgan edi.
  • «JV MAN Auto-Uzbekistan» MChJning ham foyda solig`iga oid imtiyozi bekor qilinib, faqatgina qo`shilgan qiymat solig`iga oid imtiyozi saqlab qolindi.

    Boshqa yangiliklar