1

Paxtachida aka 18 yashar ukasini jinoyatga boshladi

Jinoyat 29.12.2018, 10:30
Paxtachida aka 18 yashar ukasini jinoyatga boshladi

Aka. U har qachon ham uka uchun to`g`ri yo`l ko`rsatuvchi, og`ir yumushlarda birga elkadosh bo`lib, unga faqat yaxshiliklarni sog`inib keluvchi yagona insondir. Ammo guruch kurmaksiz bo`lmagani kabi oramizda bunday fazilatga ega emas akalar ham bor, deb yozadi O`zA.

Mahmud Shirinov (ism-familiyalar o`zgartirilgan) o`z ukasi Abror Shirinovni porloq kelajak tomon emas, qabih ishga chorladi. Ukasi bilan til biriktirib “omadli” o`g`irlikni amalga oshirdi.

Xatirchi tumani “Paraxun” mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi Adiba Hamidovaning eri va o`g`li Koreyaga shartnoma asosida ishlashga ketgani, farzandlari o`qish va oila qurgani tufayli yolg`iz yashayotganini va xonadonida saqlanayotgan seyfda o`g`irlanishi mumkin bo`lgan mo`may pul va qimmatbaho buyum borligini sezgan sezgir aka ukasi bilan puxta reja tuzadi va 2018 yil 20 sentyab soat taxminan 13:00 larda vaqtincha holi qoldirilgan hovliga o`g`irlikka tushadi. Bu paytda A.Hamidova ayrim sabablarga ko`ra ko`chaga chiqqan va ishlari bitmagach tezda uyga qaytadi. Xonadonga asosiy kirish eshigini ochishga qiynalgani uchun qo`shnisi Ochil Ahmedovdan yordam so`raydi va u ham ocholmagach xonadonning yon tarafi, mashina saqlanadigan garaj tomondan kirishadi. Bunda aka-uka o`g`rilar uy egasining kelganini sezib voqea joyidan ishlarini qisman amalga oshirib qochishga muvaffaq bo`ladi. Ammo “olg`ir” aka-ukaning quvonchi uzoqqa cho`zilmadi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Xatirchi tumani sudining “Paraxun“ mahalla fuqarolar yig`ini binosida bo`lib o`tgan sayyor sudida aka-uka Shirinovlar ishi o`rganildi. Unda Mahmud va Abror Shirinovlar aybdor deb topilib, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jazo choralari belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1