AsosiyDunyo

Meksikada 2014 yilda 80 nafar chaqaloqqa Neymar ismi berildi

2014 yil yanvar oktyabr oylarida Meksikada 80 nafar chaqaloq «Barselona» va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar da Silva Santos Junior sharafiga nomlangan, deb xabar bermoqda El Mundo Deportivo.

So`nggi paytlarda Meksikada yangi tug`ilgan farzandlarni mashhur futbolchilar nomi bilan atash ommalashib bormoqda. Neymardan tashqari «Real»ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu nomi 17, «PSJ»ning shvesiyalik futbolchisi Zlatan Ibrohimovich nomi 3 nafar chaqaloqqa berilgan.

2013 yilda argentinalik oila familiyalar ism sifatida berilishi ta’qiqlanganiga qaramay o`z og`lini «Barselona» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Messi sharafiga nomlashga muvaffaq bo`lgani xabar berilgan edi.

    Boshqa yangiliklar