AsosiyDunyo

Vokzalga bomba ko`tarib kelgan jandarm qo`lga olindi

'Vokzalga bomba ko`tarib kelgan jandarm qo`lga olindi'ning rasmi

Fransiya poytaxti Parij shahrining yirik vokzallaridan biri hisoblangan Lion vokzalida yonida portlovchi modda bo`lgan jandarm qo`lga olindi, deb xabar berdi Lenta ru.nashri.

Maxsus tekshiruv vaqtida jandarmning yonida portlovchi modda borligi aniqlangan. Ammo u huquq-tartibot idorasi xodimlariga qarshilik ko`rsatgan. Shunga qaramay, jandarm qo`lga olinib, polisiya uchastkasiga olib kelingan.

Jandarm ishdan chetlashtirilgan va unga nisabatan noqonuniy ravishda qurol, portlovchi modda olib yurganlik ayblovi qo`yilgan. Ayni vaqtda uning ismi-sharifi oshkor etilmayapti. Faqatgina 1989 yilda tug`ilgani, Fransiya quruqlikdagi qo`shinlari safida xizmat qilgani, portlovchi qurilmalar mutaxassisi ekanligi ma`lum qilingan.

    Boshqa yangiliklar