«Xavfsiz xonadon» konsepsiyasi joriy etiladi.
2019 yil 1 yanvardan boshlab, jismoniy shaxslarning uy-joylari va xonadonlariga ularga qo`riqlash xizmatini ko`rsatish mobaynida foydalanishga beriladigan qo`riqlov texnik vositalari jihozlarini o`rnatish, qo`riqlash xizmati mablag`lari hisobidan bepul amalga oshiriladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini ishonchli qo`riqlash, o`ta muhim, toifalangan va boshqa ob`ektlarni himoyalash bo`yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yilning 12 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qo`riqlanishini ta`minlash samaradorligin oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bu yo`nalishdagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqdi.
Aytib o`tish kerakki, qo`riqlash faoliyatini tashkil etishda hozirga qadar bir qator muammolar mavjud edi. Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish darajasining pastligi, mavjud qo`riqlash tizimi va texnologiyalarining etarlicha samarali emasligi ish sifatiga salbiy ta`sir ko`rsatib kelgan.
Endilikda shu kabi muammolarni bartaraf etish uchun qator chora-tadbirlar amalga oshiriladi. «Xavfsiz xonadon» konsepsiyasi amaliyotga joriy etiladi. Unga ko`ra, butun respublikada texnik qo`riqlash va harakatlanish punktlariga xabarni uzatish va markazlashgan kuzatuvning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etiladi.
Buning natijasida qo`riqlanadigan ob`ektlardan kelib tushgan xabar joyiga nafaqat qo`riqlash xizmati xodimlari, balki eng yaqin patrul guruhining tez etib borishini ta`minlash mexanizmlari ishlab chiqiladi. Bundan buyon faqatgina ko`chmas mulklar bilan birga, transport vositalari va boshqa harakatlanuvchi ob`ektlarni qo`riqlovga olishga e`tibor kuchaytiriladi.
Yangi turar joylar qurilishida ularni majburiy tarzda qo`riqlash-yong`in tashvishgohlari va gazoanalizatorlar bilan jihozlanadi.
Yuqoridagi chora-tadbirlarni amalga oshirilganligi darajasidan kelib chiqib, mahallalarini ularning xavfsizlik darajasining choraklik reytingini joriy etgan holda baholash hamda har yili «Eng xavfsiz mahalla» respublika tanlovi o`tkaziladi.
Bundan tashqari, fuqarolarga engillik yaratish, o`rnatiladigan qo`riqlash texnikalarining sifatini oshirish maqsadida, qo`riqlanadigan ob`ektlarda o`rnatiladigan qo`riqlov texnik vositalar va tizimlarini montaj, demontaj qilish, ta`mirlash, ularga texnik xizmat ko`rsatish va ekspluatasiya qilish bo`yicha ishlarni bajaruvchi «Qo‘riqlash Servis» davlat unitar korxonasi tashkil etildi.
Bu esa, fuqarolarning qo`riqlash xizmatiga ishonchini va o`z mulklarini qo`riqlash xizmati orqali himoya qilishi kengayadi. Natijada fuqarolarning mol-mulkiga nisbatan bo`ladigan jinoiy tajovuzlarning kamayishiga erishiladi.
Ulug`bek Omonov, IIV Tashkiliy departamenti
Yuridik ta`minlash boshqarmasi etakchi yurist konsulti
O`zA






