Magnitogorsk shahrida yuz bergan gaz portlashi oqibatida o`zbekistonlik fuqaro jabrlandi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Fuqaro operasiya qilingan, ayni vaqtda u jonlantirish bo`limida yotibdi.
O`zbekiston fuqarosi etti soat davomida bino uyumlari ostida yotgan, va ayni vaqtda uning ahvoli o`ta og`ir deya baholanmoqda.
“Besh kishi kasalxonaga yotqizilgan, ular orasida 13 yashar bola ham bor... To`rt nafari katta yoshdagi odamlar, eng og`ir ahvoldagisi - O`zbekiston fuqarosi, 36 yoshli erkak 7 soat davomida bino uyumlari ostida yotgan", - deb ma`lumot berilgan.
Eslatib o`tamiz, Magnitogorskda 31 dekabr kuni ertalab gaz portlashi oqibatida ko`pqavatli uyning pod`ezdi o`pirilib tushgan. Qulash joyida 120 kishi istiqomat qilgan.
Qidiruv-qutqaruv operasiyalari boshlangan vaqtdan buyon, bugun, Moskva vaqti bilan 07.00 holatiga ko`ra, uyumlar ostidan 12 kishi chiqarib olingan, ulardan 7 tasi halok bo`lgan, 5 nafari qutqarilgan. Jabrlanganlarning barchasi kasalxonaga olib borilgan. Yana 37 nafar odamni qidirish ishlari davom ettirilmoqda.






