Germaniyaning Botrop shahrida 1 yanvarga o`tar kechasi engil mashina haydovchisi avtomobilni bir necha marotaba piyodalar ustiga haydab, ularni bosib ketdi, deb xabar bermoqda Lenta ru.nashri.
Mazkur holat terakt, deb baholanmoqda. Huquq-tartibot idorasi xodimlari haydovchi ruhiy nosog`lom bo`lishi mumkinligini ham taxmin qilishmoqda.
Haydovchi 50 yoshda bo`lib, Mercedes rulini boshqargan. Hodisa oqibatida Suriya va Afg`oniston fuqarolari jabrlangan. U qo`lga olinganda, chet ellik muhojirlar davlat tomonidan ishsizlik nafaqasini olayotganligidan norozi ekanligini bildirgan.