AsosiyDunyo

Misrda bola tug`ilishini kamaytirish haqidagi qonun qabul qilinishi rejalashtirilmoqda

'Misrda bola tug`ilishini kamaytirish haqidagi qonun qabul qilinishi rejalashtirilmoqda'ning rasmi

Misr mudofaa va milliy xavfsizlik qo`mitasi rahbari Kamol Amirningma`lumot berishicha, misrlik deputatlar 2019 yilda aholi o`sish darajasini pasaytirishga qaratilgan qonunni ko`rib chiqishadi, deb xabar bermoqda RIA novosti nashri.

Mazkur qonunga binoan oila 4 kishidan, ya`ni ota-ona va ikki farzanddan iborat bo`lishi lozim. Mazkur mavzuni deputatlar mamlakat sog`liqni saqlash vazirligi hamda statistika va mobilizasiya Markaziy boshqarmasi bilan muhokama qilishgan, bu boradagi boshqa davlatlar (Xitoy, Indoneziya)ning tajribalarini o`rganishgan.

2019 yilda mazkur arab davlatining aholisi soni 100 million kishidan ortadi. Misr aholisi soni har yili 2,5 millionga ko`paymoqda. 2017 yildagi ma`lumotlarga ko`ra, Misr eng yosh davlatlardan biri bo`lib, har uchdan bir misrlikning yoshi 15 dan 34 yoshgacha bo`lgan (34,5%) fuqarolardan tashkil topgan.

    Boshqa yangiliklar