Amerikaning Florida shtatidagi Melburn shahar hayvonot bog`ida tomoshaga kelgan bola karkidon saqlanadigan volerga yiqildi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Bola hayvonlarni silash uchun ajratilgan, maxsus po`lat ustun bilan o`ralgan maydonga sirpanib, tushib ketgan va karkidon uni shoxi bilan suzgan.
Bola ota-onasi boshchiligida kasalxonaga yuborilgan. Ayni vaqtda uning yoshi va ahvoliga aniqlik kiritilmoqda.






