O`zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasining bir guruh mas`ul ofiserlari 2005 yilda ekstemistik guruhlar tomonidan Andijonda sodir etilgan qo`poruvchilik harakatlari oqibatida halok bo`lgan kapitan Bahrom Jo`raevning oilasidan xabar oldi,deb xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Uchrashuv davomida Bahrom Jo`raevning kursantlik davridagi shijoati, mardligi yodga olindi.
Bahrom Jo`raev 1979 yilda Toshkentda tug`ilgan. 2000 yilda Mudofaa vazirligi qo`shinlarida ofiser sifatida xizmat qila boshlagan. Sharqiy harbiy okrug shtabi bo`lim boshlig`i vazifasini bajargan. Ekstremistik guruhlar tomonidan Andijonda sodir etilgan jinoiy harakatlarni bartaraf etish chog`ida kapitan Bahrom Jo`raev mardlik va jasurlik namunalarini ko`rsatib, Vatan tinchligi yo`lida qahramonlarcha halok bo`lgan. O`zbekiston Prezidentining 2005 yil 23 maydagi farmoniga muvofiq kapitan Bahrom Jo`raev vafotidan so`ng II darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan mukofotlangan.
Shuningdek, Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari ham xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo`lgan mayor Bahrom Ergashev hamda serjant Ulug`bek Barnoevning oilalari bilan uchrashdi. Ularni Yangi yil bayrami bilan qutlab, yurtning mard farzandlarini yodga olishdi.
Ulug`bek Barnoev 2000 yilda Sariosiyo va Uzun tumanlarida terrorchilarga qarshi kurashda halok bo`lgan. Mayor Barhom Ergashev esa 2016 yilda vertolyotni sinovdan o`tkazish vaqtida ro`y bergan halokat oqibatida hayotdan ko`z yumgandi.






