AsosiyJamiyat

Moliya vaziri narx-navo, metan gaz, chalg`ituvchi cheklar, soliq hamda inflyasiya haqida

'Moliya vaziri narx-navo, metan gaz, chalg`ituvchi cheklar, soliq hamda inflyasiya haqida'ning rasmi

2018 yilning so`nggi kunida O`zbekiston Moliya vazirligi qo`shimcha qiymat solig`idan ozod qilingan mahsulotlar nomini e`lon qildi. Ular qoramol, qo`y, parranda go`shti, baliq, kartoshka, piyoz, non tuxum kabi oziq-ovqat mahsulotlaridir, deb yozadi O`zA.

Shunday bo`lsa-da, ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda mazkur mahsulotlar 20 foizli qo`shimcha qiymat bilan sotilayotgani haqidagi cheklar havol etilib, muhokamlar bo`lmoqda.

Moliya vaziri J. Qo`chqorov mazkur masalaga va vodiy viloyatlarida gaz zapravkalarida narxning oshganiga izoh berdi.

– Xalqaro tajribani o`rganganimizda Evropa va MDHda bu tizim ishlaydi, – deydi J.Qo`chqorov.– Qo`shimcha qiymat solig`i aslida uzilmaydigan zanjir bo`lishi kerak. Misol uchun, urug` qadash yoki uni xarid qilishdan boshlab, u xaridorga etkkazib berilishigacha davom etadi.

Xodimlarimiz cheklar olib kelishdi. Ularga yaxshilab qaralsa, dekabr sanasi qayd etilganii ko`rish mumkin. Vaholanki, yangi tartib joriy yilning 1 yanvaridan joriy etiladi. Kechagi kunda ko`pgina savdo tarmoqlari dam olishda bo`lganini hisobga olsak, bugundan bu tizim ishlaydi. Yurtdoshlarimizni bu masalada asabiylashmaslikka chaqiramiz.

Vodiy viloyatlarida gaz narxining oshganiga keladigan bo`lsak, u yurtimizda 1 noyabrdan 11 so`mga oshib, 1900 so`m deb belgilangan edi. Biroq, ayni kunlarda uning bahosi 2200 so`m ekani haqida xabarlar kelmoqda. Vaholanki, ularga solingan soliq atigi 55 so`mga oshgan. Bu tadbirkorlarga mahsulot bahosini 300 so`mga oshirishga yo`l ochishi kerak emas. Hammamiz bitta mamlakat, yurt farzandimiz. Qaerda soliq hisobiga narx-navo oshgan bo`lsa, aytinglar. Biz uning oldini olamiz. Axir, har sohada ochiqlik, shaffoflik ta`minlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar