AsosiyJamiyat

Zafar Hoshimovning mish-mish tarqatgan chek hamda 20 foiz QQS haqidagi fikrlari

'Zafar Hoshimovning mish-mish tarqatgan chek hamda 20 foiz QQS haqidagi fikrlari'ning rasmi

Oziq-ovqat mahsulotlarining ayrimlarini qo`shimcha qiyimat solig`idan (QQS) ozod qilish borasida e`lon berildi. Biroq, ijtimoiy tarmoqlarda ana shu sakkiz xildagi va boshqa mahsulotlardan QQS olinayotgani haqidagi shov-shuvlar davom etmoqda, deb xabar bermoqda O`zA.

Bu borada Korzinka.uz tarmog`i asoschisi va rahbari Zafar Hoshimov izoh berdi.

– Bilasiz, savdo tarmog`imizda 1 yanvar dam olish kuni edi, – deydi Z.Hoshimov. – Shu bois kecha narx o`zgarmagan. Cheklarga keladigan bo`lsak, ularni biz ham ko`rdik. Narx ko`rsatilgan cheklarni tekshirdik. Ularda haqiqatdan ham QQS ko`rsatilgan va 2 dekabr sanasi qayd etilgan ekan. Odamlar shu cheklarga qarab, QQS 20 foiz bo`ldi, mahsulotlar narxi oshdi, deb mish-mish qilmoqda. Lekin, chekda keltirilgan «v tom chisle» degan iboraga e`tibor bermayapti.

Bu o`zgarishlar Moliya vazirligi tomonidan juda kech ya`ni bir kun oldin e`lon qilingani tufayli biz narxlarni o`zgartirib, yangilikni amaliyotga joriy etib ulgurmadik. Bugun savdo tarmoqlarimiz ochildi. Bemalol aytaman, har bir chekda mahsulot narx yoziladi va uning qaysi kuni olingani haqida ma`lumot bo`ladi. Non narxi ta`rif bo`yicha o`zgargani yo`q. U belgilangan mahsulotlar ichida avvaldan bo`lgani uchun unda QQS yo`q edi.

Endi QQS 20 foizga oshdi deganlar e`tiboriga aytishim mumkinki, bu narx mahsulotning ustiga qo`shimcha qo`shilgani yo`q. U avvalgi kabi narxni ichida. O`ylashimcha, iste`molchilar doim mahsulot narx ichida soliq to`lab kelgan. Oldin bu soliq 23 foiz atrofida bo`lgan. Endi esa 20 deb ko`rsatilmoqda.

Demak, holat yaxshilanib bormoqda. Agar shu zanjir uzilmasa, oldingidan yaxshi bo`lsa bo`ladi, lekin yomon bo`lmaydi.

Qayd etish joizki, narxni sotuvchi baholmaydi. Balki, bozor belgilaydi. 27 yildan buyon bozor iqtisodiyoti sharoitida yashab, ishlamoqdamiz. Tajribalarimizdan bilamizki, talab va taklif asosida muvozanat belgilanadi.

    Boshqa yangiliklar