Charlz Sammers Pentagonning yangi matbuot kotibi etib saylandi. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligi sayti va Sammersning o`zi Twitter sahifasida ma`lum qilgan, deb yozdi RIA novosti nashri.
Sammers xodimlariga qo`pol muomalada bo`lganlikda ayblangan, iste`foga chiqqan Dana Uaytning o`rniga saylangan.
Avgust oyining o`rtalarida Uaytning ustidan bir qancha shikoyatlar tushganligi sababli ichki tekshiruv o`tkazilgan edi. Ma`lum bo`lshicha, Dana Uayt xodimlariga shaxsiy ishlarini bajartirgan, ular esa bundan norozi bo`lishgan.
Charlz Sammers 1959 yilda tug`ilgan bo`lib, uzoq yillar davomida Men shtatida, qisman bosh kotib lavozimida faoliyat yuritgan.






