Samarqand tumanida shu yilning 2 yanvar kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashovchi R.J. boshqaruvidagi “Sobalt” rusumli avtomashinani Yangiariq mahallasi hududidan o`tuvchi "Samarqand-Qarshi" yo`lining 6-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay shu erdagi aylanma yo`l beton to`sig`iga urilib, ag`darilib ketgan.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, mazkur fojia sabab yo`lovchi Sh. X. jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Yana uch nafar yo`lovchi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






