2019 yil 10 yanvar kuni O`zbekistonga Qirg`iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov boshchiligidagi delegasiya tashrif buyuradi, deb xabar qildi O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Tashrif dasturidan O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o`tkazish o`rin olgan.
Qirg`iziston delegasiyasi Afg`oniston ishtirokidagi “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqotining Samarqand shahrida o`tkaziladigan birinchi vazirlar uchrashuvida ham ishtirok etadi.






