AsosiySiyosat

Toshkent shahar IIBBga zamonaviy vertolyotlar ajratiladi

'Toshkent shahar IIBBga zamonaviy vertolyotlar ajratiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 10 yanvar kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 7-ichki ishlar bo`limiga tashrif davomida ichki ishlar bo`limi bazasida joylashgan favqulodda xizmatlarni tezkor boshqarishning yagona tizimi faoliyati amaliy ko`rsatib berildi.

Bunga «Qutqarish xizmati – 1050», «Yong`in xavfsizligi – 101», «Tez yordam – 103», «Qo`riqlash – 102» ekipaji, shtatdagi texnika va anjomlari bilan namoyish etildi. Bu favqulodda holatlarni tezkor bartaraf etishga xizmat qiladi.

Prezidentimiz jamoat xavfsizligini ta`minlashning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, jumladan, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga zamonaviy vertolyotlar ajratish bo`yicha topshiriqlar berdi.


Prezident matbuot xizmati xabariga ko`ra, bugun Shavkat Mirziyoev raisligida xalqimiz tinchligi va xavfsizligini ta`minlash, jinoyatchilikning oldini olish masalalari bo`yicha videoselektor yig`ilishi o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar