FedEx samolyoti Karib dengizida halokatga uchradi

Hi-tech 31.10.2014, 12:22
FedEx samolyoti Karib dengizida halokatga uchradi

FedEx kompaniyasi uchun yuk reysini amalga oshirayotgan ikki motorli SH36 samolyoti Karib dengizida halokatga uchradi, uchuvchilardan biri vafot etdi, ikkinchisi bedarak yo`qoldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Uchuvchilardan birining jasadi Avliyo Martin orolining Niderlandiyaga tegishli qismida topilgan.

Ikkinchi uchuvchini qidirish ishlari niderlandiyalik dengizchilar va fransiyalik ko`ngillilar ishtirokida olib borilmoqda. Hodisa bo`yicha tergov ishlarini olib borishda mahalliy hukumatga AQShlik va buyuk britaniyalik ekspertlar yordam beradi. Ta`kidlash joiz, SH36 AQShda ro`yxatga olingan, Buyuk Britaniyada esa ishlab chiqarilgan.

Skyway Enterprises kompaniyasiga tegishli bo`lgan samolyot pochta va kurerlik xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha jahon giganti bo`lgan FedEx bilan tuzilgan shartnoma bo`yicha reyslarni amalga oshirgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1