O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan, O`zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Abdusalom Azizov general-leytenant harbiy unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo`yicha o`rinbosari, polkovnik Azizbek Ikramovga general-mayor harbiy unvoni berildi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlariga muvofiq, Vatan himoyachilari kuni va O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 27 yilligi munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari harbiy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.
Bugun, 14-yanvar kuni ana shu yuksak mukofotlarni topshirish marosimi bo`lib o`tdi.
Davlatimiz rahbari, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo`mondoni Shavkat Mirziyoev yig`ilganlarni Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklab, ularga mukofot topshirishni yuksak sharaf deb bilishini ta`kidladi.