AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga tashrif sanasi ma`lum bo`ldi

'Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga tashrif sanasi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Jo`shqin Gujarat – 2019» IX xalqaro investisiya sammitida ishtirok etish uchun 2019 yil 17-18 yanvar kunlari Hindistonda amaliy tashrif bilan bo`ladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar qildi.

Prezident sammit yalpi sessiyasida nutq so`zlaydi, shuningdek, O`zbekiston – Hindiston hamkorligi, xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalarini muhokama qilish uchun Bosh vazir Narendra Modi bilan muzokara o`tkazadi.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi tashabbusi bilan 2003 yildan buyon Gandinagar shahrida o`tkazib kelinayotgan «Jo`shqin Gujarat» sammiti mintaqadagi eng yirik xalqaro forum hisoblanadi. Unda davlat va hukumat rahbarlari, vazirlar, xalqaro tashkilot va transmilliy korporasiyalar rahbarlari, etakchi tahlilchilar, ekspertlar ishtirok etadi.

An`anaga ko`ra, global iqtisodiyotni rivojlantirish, savdo sohasidagi sheriklikni kengaytirish, investisiyalar jalb qilish, ilg`or texnologiyalar va bilimlar almashishga doir dolzarb masalalar forum ishtirokchilari diqqat markazida bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar