AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Angela Merkel bilan muzokara o`tkazadi

'Shavkat Mirziyoyev Angela Merkel bilan muzokara o`tkazadi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 20-22 yanvar kunlari rasmiy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasida bo`ladi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.

Germaniya poytaxti Berlin shahrida Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer, Federal kansler Angela Merkel va Bundestag Raisi Volfgang Shoyble bilan muzokaralar o`tkaziladi.

Kun tartibidan siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va moliyaviy hamkorlikni rivojlantirish, qo`shma dastur va loyihalarni amalga oshirish, madaniy-gumanitar, fan-ta`lim va turizm sohalaridagi aloqalarni faollashtirish kabi masalalar o`rin olgan.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi.

Myunxen shahrida O`zbekiston Prezidentining Bavariya Bosh vaziri Markus Zyoder, shuningdek, Germaniyaning etakchi ishbilarmon va moliyaviy doiralari vakillari bilan uchrashuvlar o`tkazishi rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida iqtisodiyot, moliya, investisiya, innovasiya, ilm-fan, texnika, ta`lim va madaniyat sohalarida hamkorlikka oid ikki tomonlama qator hujjatlar imzolanishi ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar